Tovuqli pirog
- 2017-11-27 12:03:00
- 1
- 0
- 12941
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- un - 400 gr
- tuxum - 2 dona
- soda - 0,5 choy qoshiq
- ko'kat - ta'bga ko'ra
- qatiq - 500 ml
- qiyma - 400 gr
Tayyorlash usuli
Pirog qisqa vaqt ichida tayyorlanishiga qaramasdan juda mazali va to‘yimli chiqadi.
Nachinkani tayyorlashdan boshlaymiz. Buning uchun tovuq go‘shti qiymasi, piyoz, sabzi, ko‘katlar va ziravorlarni tayyorlang.
Piyozni maydalab to‘g‘rang va qiyma hamda qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi bilan qovuring. Oxirida tuzlab, ziravorlar va ko‘katlarni soling.
Endi esa xamirni tayyorlaymiz. Yarim litr qatiqqa yarim choy qoshiq soda solib, 5 daqiqaga chetga olib qo‘ying. Alohida idishga 2 ta tuxumni chaqib ko‘pirtiring va qatiqqa soling. Keyin tuz va ozgina shakar qo‘shing. Hammasini aralashtirib, un soling. Unni xamir quyuq smetana holatiga qelgunga qadar soling.
So‘ng sariyog‘ surilgan idishga xamirni yarmini solib, ustidan nachinka va qolgan xamirni bir tekis qilib soling. Pirogni oldindan qizdirilgan duxovkaga usti qizg‘ish tusga kirgunga qadar pishirib oling. Taxminan 30-40 daqiqadan so‘ng mazali pirog tayyor.