Moshxo'rda

  • 2015-09-17 12:07:07
  • 0
  • 0
  • 24674

Masalliqlar

  • qo'y go'shti - 200 gr
  • sabzi - 1 dona
  • piyoz - 1 dona
  • pomidor - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - 50 gr
  • guruch - 45 gr
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • zira - ta'bga ko'ra
  • ko'kat - ta'bga ko'ra
  • dafna yaprog'i - 1 dona
  • mosh - 60 gr
  • acchchiq qizil qalampir - 2 dona
  • barbaris - ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

Mosh va guruchli taom bo‘lib, u har kuni qilinadigan va mehmonga ham tortiladigan o‘zbek taomlaridan biridir. Bu taom juda mazali va foydali.

Masalliqlarni tayyorlaymiz- mosh va guruchni tozalaymiz. Moshni yuvamiz va suvi bilan qoldiramiz. Go‘sht, piyoz, sabzi (qizil sabzi) va pomidorni kichik to‘rtburchak shaklda kesamiz.

Baland olovda yog‘ni qizdiramiz. Aslida bu holat o‘zbek taomlarini tayyorlashga xos, chunki aksar taomlar avvalida yog‘ kuchli qizdiriladi va tayyorlash davomida olov pasaytirib boriladi.

Ikki daqiqa go‘shtni qovuramiz va ketidan piyozni qo‘shamiz. Piyoz shaffof holatga kelmagancha qovuramiz.

So‘ng ikki daqiqa pimidorni va undan so‘ng sabzini qo‘shib qovuriladi. Endi bir chimdim zira qo‘shamiz, ko‘p emas, chunki moshni o‘zi ham xos xushta’m berish xususiyatiga ega. Davomida bir oz ko‘kat qo‘shsa bo‘ladi, ko‘kat quruq bo‘lsa undanda yaxshi.

Aralashtirib qovuramiz va ozgina suv qo‘shiladi, masalliqni bir oz qoplaydigan darajada. Nima uchun suvni avvalroq qo‘shmadik? Chunki bu holda masalliqlar ziravorlarning mazasini olishga ulguradi. Past olovda masalliqni 10 daqiqaga yaqin qaynatamiz.

Ana endi 2 litr sovuq suv qo‘shib, qizil bulg‘ori qalampir, lavroviy list va barbarisni solamiz. Moshni suvini to‘kib qozonga solamiz. Moshni suv qaynamasdan oldin solinadi, aks holda mosh ochilmay qoladi.

O‘rta olovda qaynagunga qadar olib boramiz va milt-milt qilib qaynab turishi uchun olovni pasaytiramiz. Olov baland bo‘lsa mosh qotib qoladi.

Mosh taxminan 30 daqiqa qaynatiladi, ya’ni mosh yorilgunga qadar. So‘ng moshxo‘rdaga ko‘katlardan solinadi, bir oz rayhon ham solsa yaxshi bo‘ladi. Shundan so‘ng qozonni qopqog‘ini yopib olovni o‘chiramiz. 10 daqiqa o‘tgach moshxo‘rda to‘liq tayyor.

Moshxo‘rdani dasturxonga alohida piyolada qatiq bilan tortiladi.