Kunjutli yeryong'oq
- Muallif: Бахтыев Олимжон Абдурубович
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Desertlar
- Taomning kaloriyaliligi: 6000 ккал
- 2015-09-17 15:26:53
- 0
- 0
- 9499
Masalliqlar
- shakar - 120 gr
- suv - 100 ml
- kunjut - 200 gr
- yeryong'oq - 1 kg
Tayyorlash usuli
Juda mazali shirinlik, O‘zbekiston bozorlarini barchasida topish mumkin. Uni bolalar ham, kattalar ham hush ko‘radi.
Albatta bozor uchun kunjutli yeryong‘oq katta hajmda ishlab chiqiladi, ammo uni uy sharoitida tayyorab bo‘lmaydi degani emas.
Avvalo shakarni suvda eritiladi va past olovda aralashtirib qaynatiladi. Quyuq qiyom hosil bo‘lishi kerak. Istakka qarab ozgina asal ham qo‘shsa bo‘ladi.
Agar yeryong‘oq tozalanmagan va qovurilmagan bo‘lsa, ish avvalida uni qovurib olish kerak.
Qiyom tayyor bo‘lishi bilan uni yeryong‘oq ustiga quyiladi va aralashtiriladi. Bunda yeryong‘oq usti qiyom bilan qoplanishi lozim. So‘ng yeryong‘oqni usti kunjut bilan qoplanishi uchun kunjut ustida aralashtirib olinadi. Ish yakunida ularni tekis joyda yoyib qotishga imkon beriladi.
Kunjutli yeryong‘oqni bayram dasturxoniga, yoki kechki choyga taqdim etsa bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!
Diqqat: Juda quvvatli shirinlik, o‘zingizni to‘xtata olmaysiz.