Tayyorlash usuli
- Baqlajonlarni yuvib to’rtburchak shaklida to'g’rang
- Unga tuz sepib 25 daqiqaga suvini sirqitish uchun elakda qoldiring
- Pomidorlarni arching to’rtga bo’lib urug’uni olib tashlang
- Piyoz, qovoq hamda tsukinini turtburchak shaklida to’g’rang.
- Katta tovada yog’ni isiting, qovoq va tsukinini 4-6 daqiqa
qovuring. Yog’ini sirqitib boshqa idishga soling. Tovaga 2 osh qoshiq
zaytun yog’i quying va bulg’or qalampirlarini 5 daqiqa qovuring. So’ngra
ularni boshqa sabzavotlar turgan idishga soling.
- Baqlajonni yuving va quriting, 3-4 osh qoshiq solingan yog’da
qovuring. Ehtiyot bo’ling kuyib ketmasin. 6-8 daqiqadan so’ng baqlajonni
qolgan sabzavotlarga qo’shing.
- 3 osh qoshiq yog’ni tovaga quying va piyoz bilan maydalangan
sarimsoqni qizdiring, so’ngra sharob qo’shib uni bug’lanib ketishini
kuting. So’ngra pomidor, jambil va 2 osh qoshiq petrushka qo’shing. 8-12
daqiqa past olovda pishiring.
- So’ngra barcha sabzavotlarni qo’shib past olovda 12 daqiqa davomida
pishiring. Sabzavotlar yumshoq bo'lganidan so’ng, olovdan olib ustiga
petrushka va 4 osh qoshiq rayhon seping.
- Taomga tuz, limon suvi hamda qolgan rayhonni seping.Taomni taqdim etish:
Taomni issiq yoki sovuq holda non va makaron bilan taqdim etishingiz mumkin.