Chixanbili
- Muallif: Pazandaxon
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 885.78 ккал
- 2016-08-31 05:19:10
- 0
- 0
- 17370
Masalliqlar
- sabzi - 1 dona
- piyoz - 1 dona
- pomidor - 3 dona
- kungaboqar yog'i - ta'bga ko'ra
- bulg'or qalampir - 1 dona
- tuz - ta'bga ko'ra
- zira - ta'bga ko'ra
- sarimsoqpiyoz donasi - 2 dona
- tovuq soni - 2 dona
- soya sousi - 1 choy qoshiq
Tayyorlash usuli
- Tovuq oyoqlarini o'rtacha kattalikda kesib olamiz.
- So'ng marinovka qilamiz: tuz, zira, murch, chesnok, soya susi bilan yaxshilab aralashtiramiz. 20 daqiqaga olib qo'yamiz
- 20 daqiqadan keyin tovaga 1 cho'mich yog' solib tovuqni qizarguncha qovuramiz.
- Piyozni qo'shamiz va o'lguncha qovuramiz.
- Kubik to'g'ralgan qizil sabzi, bulg'or qalampiri, pomidorni ketma - ket solib qovurishda davom etamiz.
- 1 piyola suv, tuz solib ustini yopib past olovda 30 daqiqa dimlab pishiramiz.
Taom tayyor. Xoxishga ko'ra guruch bilan yoki non botirib yeyish mumkin.