Pishloqli kotletalar

  • 2016-09-29 16:37:00
  • 1
  • 0
  • 13263

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 250 gr
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
  • sut - 100 gr
  • pishloq - 100 gr
  • non - 150 gr
  • mol go'shti qiymasi - 500 gr
  • yanchilgan suxari - 500 gr

Tayyorlash usuli

Nonni sutga ivitib qo‘ying.

Keyin farsh va nonni aralashtiring va ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar qo‘shing.

Pishloqni mayda kubik shaklida kesing.

Farshdan kulcha yasab, o‘rtasiga pishloqni qo‘ying.


Endi farshdan kotletalar yasab, non urvog‘iga bir tekisda uvalab chiqing.


O‘simlik yog‘ida ikkala tomoni qizarguncha qovuring (o‘rta olovda, taxminan 7-9 daqiqa). Garnir sifatida kartoshka pyuresini taqdim qilishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Manba