Manti

  • 2015-09-16 10:04:31
  • 0
  • 0
  • 20120

Masalliqlar

  • qo'y go'shti - 500 gr
  • piyoz - 6 dona
  • un - 400 gr
  • dumba yog‘ - 50 gr
  • suv - 100 ml
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • tuyilgan qora murch - ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

1. Un, suv va tuz asosida xamir tayyorlanadi.

2. Mayda to‘g‘ralgan qo‘y go‘shtiga mayda to‘g‘ralgan piyoz, tuz, murch qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi.

3. Xamirni yupqa yoyiladi va 10x10 sm hajmda shakllarda kesiladi. Har birini o‘rtasiga tayyorlangan qiyma va bir qism dumba yog‘i solib manti chetlari tugiladi.

4. Tayyorlangan mantilar yog‘ surtilgan qasqonga qo‘yib chiqiladi va qasqon 45 daqiqaga qaynab turgan suvga qaynatiladi.