Xorazm milliy noni “Durvadik patiri”

  • Муаллиф: Rajapova Nargiza
  • Тайёрлаш вақти: 120 дақ.
  • Тоифа: Пишириқ
  • Таомнинг калориялилиги: 9919 ккал
  • 2016-04-03 15:19:29
  • 0
  • 0
  • 16060

Масаллиқлар

  • пиёз - 2 кг
  • ун - 6 стакан
  • думба ёғ - 0.5 кг
  • сув - 250 гр
  • сут - 250 гр
  • мол гўшти қиймаси - 200 гр

Тайёрлаш усули

Ushbu patirga kerak bo’ladigan masalliqlar:

Xamiriga:

250 gr sut

50 gr suv

6 choy kosa un

tabga ko’ra tuz



Xamir ichiga so’linadigan masalliqlar:

0.5 kg go’sht yog’i

200 gr mol go’shti

2 kg piyoz



Tayyorlanish jarayoni

1. Xamirni tayyorlash uchun avval 6 choy kosa unni idishga solib keyin sut va suvni boshqa idishda aralashtirilib tabga ko’ra tuz solib eritilib uning ustida quyilib yumshoq xamir qoriladi va 6 ta zuvalachlarga bo’linib 15 min tindirib qo’yiladi.



2. Ungacha kubik shaklida to’g’ralgan go’sht, go’sht yog’i va piyoz bir idishga solinadi, keyin tabga ko’ra tuz solib piyoz suvi chiqib ketmasligi uchun 1-2 osh-qoshiq uchun ham solinadi va aralashtiriladi.


3. Endi tindirilib quyilgan xamirimizni qo’limiz bilan o’rtacha qilib yoyib unga tayyorlab qo’ygan masalliqimizni solamiz va xamirning to’rt tomoni bir-biriga tutashtirib tugib zuvala qilib chiqiladi. Keyin tayyor zuvalalar yana qo’l bilan yoyilib so’ng o’qlov bilan yupqa qilib yoyiladi va qizib turgan tandirda yopib olinadi.



4.Tayyor bo’lgan nonimiz dasturhonga tortiladi, yoqimli ishtaha !!!





Теглар: ёқимли янги